Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Fuqarolik sudida ish yuritishni tugatish asoslari haqida bilasizmi?


Fuqarolik sudida ish yuritishni tugatish asoslari haqida bilasizmi?

      O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual kodeksi 124-modddasiga ko’ra, Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi,agar:

1)ish fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa;

2) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki maʼmuriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud boʻlsa;

3) daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan boʻlsa;

4) taraflar kelishuv bitimi tuzgan va u sud tomonidan tasdiqlangan boʻlsa;

5) hakamlik sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;

51) sudning ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa;

6) ish boʻyicha taraflardan biri boʻlgan fuqaroning vafotidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa;

7) ish boʻyicha taraf boʻlib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan boʻlsa.

 

Bekobod tuman Adliya boʻlimi

YUXKM   boshyuriskonsulti                                              Otabek Ashurov