Янгиликлар
Qanday holarda fuqarolik ishi sirtdan ish yuritish tartibida ko’rilishi mumkin?
Qanday holarda fuqarolik ishi sirtdan ish yuritish tartibida ko’rilishi mumkin?
Amaldagi Fuqarolik Protsessual kodeksi 26-bobi sirtdan ish yuritish asoslari va tartibini belgilaydi.Xususan, mazkur kodeks 280-moddasi talablariga ko’ra, Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermagan va ishni uning ishtirokisiz koʻrish toʻgʻrisida soʻramagan taqdirda, agar daʼvogar bunga eʼtiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin. Ishni bunday tartibda koʻrish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tarzda xabardor qilinganligi haqida ishda maʼlumot boʻlishi kerak.
Ishda bir nechta javobgar ishtirok etgan va sud majlisiga barcha javobgarlar kelmagan taqdirda, ish sirtdan ish yuritish tartibida koʻrilishi mumkin.
Bekobod tuman Adliya boʻlimi
YUXKM boshyuriskonsulti Otabek Ashurov