Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz portali orqali onlayn tiklash mumkin bo‘ldi.


O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz portali orqali onlayn tiklash mumkin bo‘ldi.

Endi yo‘qotilgan guvohnomani tiklash uchun YPX binosiga borish shart emas. Xizmat narxi — 370 800 so‘m. Hujjat 1 ish kunida rasmiylashtiriladi.

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP, my.gov.uz) orqali tiklash mumkin bo‘ldi. Bu haqda portal axborot xizmati xabar qildi. Endilikda yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasini qayta tiklash uchun YPX binosiga borish talab etilmaydi.

Buning uchun my.gov.uz portali orqali “Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish” xizmatiga kirib, “Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash” bo‘limini tanlab, ariza topshirish lozim.

Bekobod tuman adliya bo‘limi xodimi

Berdikulov Xasan G’ulomjonovich