Янгиликлар
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. 29 noyabr kuni Hukumat qarori [679-son] bilan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. Reglamentga ko‘ra, korporativ boshqaruvchi malaka attestati Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan korporativ boshqaruv sohasida malaka mavjudligini tasdiqlash uchun beriladi.
Bekobod tuman adliya bo‘limi xodimi
Berdikulov Xasan G’ulomjonovich