Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisiligida o‘tkazilgan videoselektor


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisiligida o‘tkazilgan videoselektor

Payshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish va ko‘lamini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Bu haqda uning matbuot xizmati. Ta’kidlanishicha, aholiga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 1 iyuldan boshlab:

38 turdagi davlat xizmatlari uchun elektron imzo bilan tasdiqlash talabi bekor qilinib, mobil telefon orqali amalga oshiriladi (bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish, bog‘chaga qabul qilish va hokazo);

6 turdagi litsenziya olish uchun talablar bekor qilinadi;

aholi va tadbirkorlar uchun 8 dan ortiq davlat xizmati bo‘yicha elektron xabardor qilish tizimi joriy etiladi;

aholi va tadbirkorlardan kommunal tashkilotlarning 32 turdagi hujjat va ma’lumotnomalarini talab qilish bekor qilinadi;

ehtiyojmand oilalar farzandlari oliygohlarga kirishda test sinovlarida ishtirok etish to‘lovlaridan ozod etiladi (135 ming so‘m).

Bekobod tuman adliya bo‘limi xodimi

Berdikulov Xasan G’ulomjonovich