Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Davlat xizmatlarini fuqarolar tomonidan baholash yo‘lga qo‘yiladi, qoniqarsizlariga chora ko‘riladi


Davlat xizmatlarini fuqarolar tomonidan baholash yo‘lga qo‘yiladi, qoniqarsizlariga chora ko‘riladi

Davlat xaridlarida narxlar o‘rtasidagi tafovut chegarasining oshishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi. 21-aprel kuni qabul qilingan prezident farmoni bilan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Hujjat bilan iqtisodiyotda korrupsiyaviy omillarning oldini olish uchun davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi tafovutning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan chetga chiqmaslik belgilanmoqda. Bu talablarni buzib xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.

2025-yilning 1-iyulidan yirik investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Bekobod tuman adliya bo‘limi xodimi

Berdikulov Xasan G’ulomjonovich