Янгиликлар
Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berishda axborot texnologiyalarining joriy etilishi
Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berishda axborot texnologiyalarining joriy etilishi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 693-son qarori aholini sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu qaror asosiy maqsadi — yo‘llanmalar berish jarayonini shaffof, qulay va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etishdan iborat. Qarorga muvofiq, sanatoriy yo‘llanmalarini taqsimlashda inson omilini kamaytirish, korrupsion holatlarning oldini olish hamda aholiga teng va adolatli sharoit yaratish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda maxsus elektron axborot tizimi joriy etilib, yo‘llanmalar ushbu platforma orqali berilishi belgilangan. Mazkur tizim orqali fuqarolar sanatoriy yo‘llanmalari haqida ma’lumot olish, ariza topshirish va navbat holatini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, tegishli tashkilotlar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi elektron shaklda amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytganda, 693-son qaror aholining sog‘ligini mustahkamlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bekobod tumani Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi G.Xalikulova