Янгиликлар
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali ijtimoiy nafaqalarni tayinlashni raqamlashtirish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali ijtimoiy nafaqalarni tayinlashni raqamlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-son qarori kam ta’minlangan oilalarni aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Qaror asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali elektron shaklda ariza berish tartibi joriy etilgan. Mazkur qaror aholi uchun qulaylik yaratish, nafaqa tayinlash jarayonida shaffoflikni ta’minlash va inson omilini kamaytirishni maqsad qilgan. Elektron tizim orqali oilalarning ijtimoiy holati avtomatik tahlil qilinib, davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Xulosa qilib aytganda, 596-son qaror ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish va davlat xizmatlari sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Bekobod tumani Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi G.Xalikulova