Янгиликлар
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 708-son qarori sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish tartibini belgilashga qaratilgan. Ushbu qaror bilan sudgacha sanatsiya qilish jarayonini tartibga soluvchi nizom tasdiqlangan. Qarorning asosiy maqsadi moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankrot bo‘lishining oldini olish, ularning faoliyatini tiklash va iqtisodiy barqarorligini ta’minlashdan iborat. Nizomda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy, tashkiliy va maslahat yordami mexanizmlari belgilab berilgan. Mazkur qaror tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda iqtisodiyotda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Bekobod tumani Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi G.Xalikulova