Янгиликлар
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-maydagi O‘RQ-386-son Qonuni yo‘lovchilar, yuk va bagaj tashishda xavfsizlikni ta’minlash hamda zarar yetkazilgan taqdirda ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Ushbu qonun tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibini belgilaydi. Qonunga muvofiq, yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashuvchilar o‘z faoliyatini majburiy sug‘urta shartnomasiga ega bo‘lgan holda amalga oshirishi shart. Sug‘urta hodisasi yuz berganda, yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplanadi. Mazkur qonun tashuvchilar mas’uliyatini oshirish, yo‘lovchilar manfaatlarini himoyalash va transport xizmatlari sohasida ishonchli sug‘urta tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bekobod tumani Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi G.Xalikulova