Янгиликлар
Moddiy madaniy meros ob’ektlarida restavrator-ustalar malakasini oshirish
Moddiy madaniy meros ob’ektlarida restavrator-ustalar malakasini oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 166-son qarori moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi. Qarorga muvofiq, malaka oshirish va sertifikatlash jarayoni ma’muriy reglament asosida amalga oshiriladi, bu esa mutaxassislarning malakasini rasmiy tasdiqlash va professional darajasini oshirish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, qaror madaniy meros obyektlarini saqlash va restavratsiya sifatini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, 166-son qaror restavratorlarning malakasini oshirish, ularni sertifikatlash va madaniy merosni himoya qilish sohasida davlat xizmatlarini tartibga solishda muhim hujjat hisoblanadi.
Bekobod tumani Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi G.Xalikulova