Янгиликлар
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi “proaktiv shaklda” tayinlanadi!
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi “proaktiv shaklda” tayinlanadi!
“Davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha to`lovlarni tayinlash va to`lash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-206-son, 03.11.2025 y) qabul qilindi.
* Farmonga ko`ra, 2026 yil 1 yanvardan O`zbekistonda davlat ijtimoiy sug`urtasining yangi tizimi joriy etiladi.
Bunda fuqarolar davlat ijtimoiy sug`urtasi bilan quyidagi shartlarda qamrab olinadi:
* majburiy asoslarda- O`zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to`g`risidagi qonun bilan miqdori belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining bir qismi hisoblanadi;
* ixtiyoriy asoslarda- mehnatga haq to`lash eng kam miqdorining 5 foizi miqdoridagi har oylik sug`urta badalining eng kam miqdorini to`lash evaziga. Fuqarolarga davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha to`lovlar ularning minimal sug`urta staji va to`lagan sug`urta badaliga mutanosib ravishda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sug`urta jamg`armasi (Jamg`arma) orqali to`lanadi. Jamg`arma orqali quyidagilar proaktiv shaklda tayinlanadi va to`lanadi:
- 2026 yil 1 yanvardan homiladorlik va tug`ish nafaqasi;
- 2026 yil 1 iyuldan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari asosida 2030 yil 1 yanvardan ishdan bo`shatish nafaqasi ham Jamg`arma orqali tayinlanadi va to`lanadi.
Bekobod tumani adliya bo‘limi
FXDY bo‘limi birinchi toifali inspektori
M.Ishankulova.