Янгиликлар
Qonunchilikka ko`ra ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to`lanadi.
Qonunchilikka ko`ra ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to`lanadi.
2025 yil 1 iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a`lo” baholarga o`qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to`lanadi.
2025 yil 1 sentabrdan umumiy o`rta ta`lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag`al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to`lovidan ozod etiladi.
2026 yil 1 yanvardan kambag`al oilalarning “a`lo” baholarga o`qiydigan farzandlarining O`zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog`lomlashtirilishi xarajatlari to`liq qoplab beriladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi kambag`al oilalar reestri va ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko`rsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.
Bekobod tumani adliya bo‘limi
FXDY bo‘limi birinchi toifali inspektori
M.Ishankulova.