Янгиликлар
O`zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar qo`llab-quvvatlanadi.
O`zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar qo`llab-quvvatlanadi.
“O`zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish ko`lamini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-171-son 08.05.2025 yil qabul qilingan.
Qarorga ko`ra, 2025 yil 1 iyundan o`zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi.
Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko`rsatilishi yo`lga qo`yiladi
Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko`rsatish xizmati
Uy sharoitida qarab turish xizmati
Tibbiy ijtimoiy reabilitatsiya xizmati
Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati
Shaxsiy yordamchi xizmati
Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vauchar asosida qoplab beriladi
Voucher qiymati Hukumat tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya shaklida to`lanadi.
Vaucher berish va uning qiymatini to`lash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshiriladi.
Bekobod tumani adliya bo‘limi
FXDY bo‘limi birinchi toifali inspektori
M.Ishankulova.