Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Qonunchilikga ko‘ra xotin-qizlarga quyidagi imtiyozlar belgilangan.


Qonunchilikga ko‘ra xotin-qizlarga quyidagi imtiyozlar belgilangan.

 

Homilador ayollar ta’tilni o‘zlari istagan vaqtda olishi mumkin.
- Homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik mehnat ta'tili,
ularning xohishiga ko'ra, homiladorlik va tug'ish ta'tilidan oldin
yoki undan keyin beriladi.

Homilador ayollarni yillik mehnat ta'tilidan chaqirib olishga yo'l
qo'yilmaydi.
Ayrim hollarda sudda ayollarga advokatlar xizmati uchun haq davlat hisobidan qoplanadi.
- Erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog'liq
ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishida ayollarga advokatlar
tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning
xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanadi
Ayollarni pensiya yoshiga to‘lganligi sababli ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo‘shatish taqiqlanadi.
- Ayollarning pensiya yoshiga to'lganligi yoki yoshga doir davlat
pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli nomuayyan
muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to'lgunga qadar yoki
muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish
beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilish taqiqlanadi
Ayollar pensiyaga chiqishda imtiyozga ega.
- Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi
o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining
o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud
korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan
va ishsiz deb e'tirof etilganda ayollar 53 yoshga to'lganda va ish
staji kamida 20 yil bo'lganda pensiya olish huquqiga ega bo'ladi.
Xotin-qizlarning kasb-xunar o‘rganishga
qilgan xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
- Xotin-qizlar nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunarga va
tadbirkorlikka o'qiganda, ular tomonidan qilingan xarajatlarning
70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so'mdan ortiq
bo'lmagan xarajatlar davlat tomonidan qoplab berilishi
belgilan

Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun kredit ajratiladi.
- Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun Xotin-qizlarni
qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi hisobidan
3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz
stavkada 33 million so'mgacha kreditlar ajratilishi belgilangan.
Uch yoshgacha bolani tarbiyalayotgan ayolga qisqartirilgan ish vaqti beriladi.
- Uch yoshga to'lmagan bolaning byudjet tashkilotlarda
ishlaydigan onasi haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti
belgilanadi va bunda ish haqi kamaytirilmaydi
Ayrim xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi.

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta'lim
muassasalariga kirishda davlat granti asosidagi qabul
ko'rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun
tavsiyanoma berilishi belgilangan
Ayrim xotin-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan to'lab beriladi.
- Ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar oliy ta’lim
olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida bazaviy
to‘lov-kontrakt miqdori tegishlicha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari tomonidan to‘lab berilishi belgilangan.

Bekobod tumani adliya bo‘limi

FXDY bo‘limi birinchi toifali inspektori                                    

M.Ishankulova.