Янгиликлар
“Proaktiv” pensiya qanday tayinlanadi ?
“Proaktiv” pensiya qanday tayinlanadi ?
2025 yil 1 martdan boshlab pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar “avtomatik” tarzda, yani hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi.
Fuqaroning shaxsiga oid barcha ma`lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.
Buning natijasida
Birinchidan, fuqarolardan pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg`armasining hududiy bo`linmasiga murojaat qilish talab etilmaydi.
Ikkinchidan, pensiya yoshiga yetgan fuqaroga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida pensiya tayinlash haqida qaror qabul qilinganida uning telefon raqamiga “pensiya tayinlanganligi va uning miqdori” to`g`risida sms yuboriladi.
Shuningdek, pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida bo`lgan yoki pensiya miqdoridan norozi bo`lgan fuqarolarga “avtomatik” tayinlangan pensiyani rad etish huquqi berilmoqda.
Fuqarolar pensiya tayinlanganidan, pensiya miqdoridan yoki pensiya tayinlanishi rad etilganidan norozi bo`lgan taqdirda Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limiga tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Bekobod tumani adliya bo‘limi
FXDY bo‘limi birinchi toifali inspektori
M.Ishankulova.