Янгиликлар
2026 yilda 55 yoshga to‘laman. Mehnat daftarcham yo‘qolgan. Endi men qanday pensiyaga chiqaman?
2026 yilda 55 yoshga to‘laman. Mehnat daftarcham yo‘qolgan. Endi men qanday pensiyaga chiqaman?
Mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. 2005 yil 1 yanvardan avvalgi davrlar uchun mehnat staji shaxsning mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dagi mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.Mehnat daftarchasi mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar bo‘lmagan yoki mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risida noto‘g‘ri va noaniq yozuvlar mavjud bo‘lgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun
ma’lumotnomalar;
buyruqlardan ko‘chirmalar;
shaxsiy hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun qaydnomalar;
mehnat shartnomalari;
arxiv ma’lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.
Shuningdek, mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar sud tartibida guvohlar ko‘rsatmalariga asosan ham hisobga olinishi mumkin.
Bekobod tumani adliya bo‘limi
FXDY bo‘limi birinchi toifali inspektori
M.Ishankulova.