Янгиликлар
Eng kam ish haqi tushunchasi va ahamiyati
Eng kam ish haqi tushunchasi va ahamiyati
Eng kam ish haqi — bu qonunchilik talablari asosida belgilab qo‘yiladigan, oddiy va nomalakaviy mehnat uchun to‘lanadigan eng past ish haqi miqdoridir. U mehnat normasiga muvofiq ishlagan xodimga oylik yoki soatbay hisobda to‘lanadigan haqning eng kam chegarasini belgilaydi hamda bundan kam miqdorda ish haqi to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eng kam ish haqi xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy barqarorligini ta’minlash va munosib turmush darajasini kafolatlashga xizmat qiladi. Shuningdek, u mehnat bozorida adolatli ish haqi tizimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur ko‘rsatkich davlat tomonidan belgilanib, iqtisodiy holat, inflyatsiya darajasi va aholining yashash minimumi kabi omillarni inobatga olgan holda vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi.
Bekood tuman Adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi
sho’ba boshlig’I
M.Xudaynazarov