Янгиликлар
Ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish chora-tadbirlari to’g’risida
Ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish chora-tadbirlari to’g’risida
Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ularning qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy moslashuvini ta’minlashga qaratilgan.
Mazkur chora-tadbirlar doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, nogironligi bo‘lgan, shuningdek, ta’limda qiyinchilikka duch kelayotgan o‘quvchilar sport to‘garaklari, san’at, madaniyat, texnika va kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlariga keng jalb etiladi. To‘garaklar maktablar, bolalar ijodiy markazlari va boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Ushbu tadbirlar o‘quvchilarning salohiyatini yuzaga chiqarish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni sog‘lom, har tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bekood tuman Adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi
sho’ba boshlig’I
M.Xudaynazarov