Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari faoliyatini takomillashtirish


Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari faoliyatini takomillashtirish

Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham va samarali boshqaruv tizimini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar davlat boshqaruvida ortiqcha byurokratiyani qisqartirish va boshqaruv jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.

Islohotlar natijasida adliya organlarining vakolatlari aniq belgilab berilib, ularning faoliyatida natijadorlik va javobgarlik kuchaytirilmoqda. Boshqaruv tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, raqamlashtirish hamda xizmatlarni soddalashtirish orqali aholiga ko‘rsatiladigan huquqiy xizmatlar sifati oshirilmoqda.

Mazkur islohotlar adliya organlari faoliyatini yanada ixcham, tezkor va samarali qilishga, shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlashda ularning rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

Bekood tuman Adliya bo’limi

davlat xizmatlari markazi

sho’ba boshlig’I                                                                                

M.Xudaynazarov