Янгиликлар
Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari
Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari
Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar biologik xilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda ov qilish tartibini zamonaviy talablar asosida tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chora-tadbirlar doirasida ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini litsenziyalash, ov resurslarini hisobga olish va monitoring qilish tizimlari takomillashtirilmoqda. Shuningdek, noqonuniy ovchilikka qarshi kurash kuchaytirilib, ov mavsumlari va ruxsat etilgan ov turlari qat’iy belgilab qo‘yilmoqda.
Mazkur islohotlar ovchilik xo‘jaliklarining samaradorligini oshirish, yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Bekood tuman Adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi
sho’ba boshlig’I
M.Xudaynazarov