Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mavjud.


Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mavjud.

Qonunchilikka ko`ra, iste`molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.SHartnomada taraflarning huquq va majburiyati,hisobga olish asboblarini o`rnatish,elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi. Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma`muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.SHuningdek,tarmoqlarga o`zboshimchalik bilan ulanish,hisobga olish asboblariga,ularning plombalariga shikast yetkazish yohud hisobga olish asboblarining ko`rsatkichlarini o`zgartirish o`g`rilik yoki oz miqdorda talon-taroj qilish sifatida baholanib,javobgarlikka sabab bo`lishi belgilangan.Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Bekobod tumani FHDY bo`limi        

2-toifali inspektori Nazaraliyeva Xurshida