Янгиликлар
Davlat fuqarolik xizmatchisi chet elda mol-mulk olishi mumkin emas
Davlat fuqarolik xizmatchisi chet elda mol-mulk olishi mumkin emas.
Qonunchilikka ko`ra,davlat fuqarolik xizmatchisi O`zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo`lishga,ko`chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas. Bundan chet davlatda ta`lim olish,stajirofka o`tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar,shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno. SHuningdek,davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga,ularning muassisi (ishtirokchisi)bo`lishga,tadbirkorlik faoliyati subyektiga tashkiliy-boshqaruv,ma`muriy-xo`jalik vazifalarini bajarishi mumkin emas. Bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomilada bo`lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno.
Bekobod tumani FHDY bo`limi
2-toifali inspektori Nazaraliyeva Xurshida