Янгиликлар
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish
Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish va notarial organlar sohasida hamda rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 134-son qaroriga asosan endilikda davlat xizmatlari yoki my.gov.uz portal orqali xizmat yo`lga qoyildi.
Xizmatdan foydalanuvchilar: faqat jismoniy shaxslardir.
Xizmatni ko‘rsatish muddati:
Notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikati – 5 ish kuni;
Notarial harakatlarni roʼyxatga olish reestr kitobidan koʼchirma – 2 ish kuni;
Аrxiv hujjatlaridan nusxalar, shuningdek mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud emasligi haqida maʼlumotnomalar – 2 ish kuni;
Аrxiv maʼlumotnomalari – 1 ish kuni.
Xizmat narxi:
Arxiv ma’lumotnomalari berish uchun
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 3708 so'm (0.009 BHM)
Notarial rasmiylashtirilgan hujjatlarning dublikatini berish uchun
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 18540 so'm (0.045 BHM)
DXM orqali topshirilganda miqdori - 20600 so'm (0.05 BHM)
Notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestr kitobidan ko‘chirma berish uchun
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 18540 so'm (0.045 BHM)
Arxiv hujjatlaridan nusxalar berish uchun
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 7416 so'm (0.018 BHM) miqdorini tashkil etadi
Bekobod tumani adliya bo`limi
davlat xizmatlari markazi operatori
M.A.Abdullayeva.