Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Qanday qilib yashash joyi bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin?


Qanday qilib yashash joyi bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish fuqarolar uchun huquqiy maqomni aniqlash va davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur jarayon. Bu jarayon doimiy yoki vaqtinchalik manzilda ro‘yxatdan o‘tishni talab qiladi va qonunda belgilangan tartiblarga asoslanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish turlari

Doimiy ro‘yxatga olish fuqarolarning doimiy yashash joyida, masalan, o‘z mulkida yoki uzoq muddatli ijaraga olingan uyda amalga oshiriladi. Fuqarolar yangi yashash joyiga ko‘chib kelganidan keyin 15 kun ichida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Vaqtinchalik ro‘yxatga olish esa fuqaro ma’lum manzilda vaqtincha yashashni rejalashtirganda talab etiladi. Bu mehmonxona, shifoxona yoki ijaraga olingan kvartira kabi vaqtincha yashash joylari uchun amal qiladi. Vaqtinchalik ro‘yxatga olish muddati odatda 6 oygacha bo‘ladi, lekin zarurat tug‘ilganda uzaytirilishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish narxi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tish xizmatlari boshqa hududlarga nisbatan qimmatroq, boshqa barcha hududlarda esa narxlar bir xil.

1. Toshkent shahri va Toshkent viloyati:

Doimiy ro‘yxatdan o‘tish: BHM (bazaviy hisoblash miqdori)ning 2% ini tashkil etadi.

Vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish: BHMning 0.018% ini tashkil etadi.

2. Boshqa hududlar:

Doimiy ro‘yxatdan o‘tish: BHMning 0.018% ini tashkil etadi.

Vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish: BHMning 0.018% ini tashkil etadi.

Bekobod tumani adliya bo`limi

davlat xizmatlari markazi operatori

M.A.Abdullayeva.