Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari


Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari

Bolaning onasi bilan nikohda boʻlmagan shaxsning otaligi oʻzini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi.Ona vafot etganda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onaning qayerdaligini aniqlash imkoniyati boʻlmaganda yoki u onalik huquqidan mahrum qilinganda, otalik vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan holda oʻzini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning arizasiga binoan belgilanadi.Bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, otalikni belgilash toʻgʻrisidagi arizani uning nomidan vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan uning homiysi berishi mumkin.

Otalikni belgilash toʻgʻrisidagi ariza bolaning tugʻilganligini qayd etish vaqtida, shuningdek bola tugʻilganligi qayd etilgandan keyin ham berilishi mumkin. Agar otalikni belgilash toʻgʻrisida bola tugʻilgandan soʻng er-xotin birgalikda ariza berishining imkoni boʻlmay qolishi yoki mushkul boʻlishini koʻrsatuvchi asoslar mavjud boʻlsa, tugʻilajak bolaning oʻzaro nikohda boʻlmagan ota-onasi shunday arizani ona homiladorlik vaqtida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga berishga haqli.

Otalikni belgilash rad etilganda, oʻzini bolaning otasi deb tan olgan shaxs sud tartibida shikoyat qilishi mumkin

 

 

Bekobod tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuristkonsulti R. Mirzaqulov 3-darajali yurist