Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish tartibi


Ota-onalik huquqidan mahrum qilish tartibi

    Ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar ota (ona)ning (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning), prokurorning, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarning) daʼvosiga binoan koʻriladi.

    Ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida koʻrib chiqiladi.

    Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda bolaning taʼminoti uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onadan (ularning biridan) aliment undirish masalasini hal qiladi. Agar sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi ishlarni koʻrishda ota-ona (ulardan biri)ning harakatida jinoyat alomatlari mavjudligini aniqlasa, bu haqda prokurorga xabar berishi shart.

   Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin uch kun ichida ushbu qarorning koʻchirmasini bolaning tugʻilganligi davlat tomonidan roʻyxatga olingan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.

 

 

Bekobod tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuristkonsulti R. Mirzaqulov 3-darajali yurist