Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordam koʻrsatish taribi


Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordam koʻrsatish taribi

Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordamning quyidagi turlari koʻrsatiladi: pul toʻlovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yoʻla beriladigan toʻlovlar);reabilitatsiya qilishning texnik vositalari, surdotexnika,tiflotexnika vositalari yoki boshqa vositalar, shu jumladan oʻrindiqli aravachalar, protez-ortopediya moslamalari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytiruvchi apparatlar va signalizatorlar, subtitrli yoki surdotarjimali videomateriallar, shuningdek avtomobillar bilan taʼminlash; tibbiy, ijtimoiy, kasbiy, jismoniy reabilitatsiya qilish boʻyicha xizmatlar va maishiy xizmatlar; transport xizmatlari; dori vositalari bilan taʼminlash.Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordam mahalliy davlat hokimiyati organlari, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi organlari, boshqa davlat organlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining xulosalari asosida koʻrsatiladi.

Nogironligi boʻlgan, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish qobiliyatini qisman yoki toʻliq yoʻqotgan va oʻzgalarning doimiy parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga ularning uyida hamda vakolatli davlat organlarining ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda xizmatlar koʻrsatiladi. Bu muassasalarda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish bilan bir qatorda hayot faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar taʼminlanadi, tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi, shuningdek mehnat faoliyati va dam olish tashkil etiladi.

 

 

Bekobod tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuristkonsulti R. Mirzaqulov 3-darajali yurist