Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olish huquqi


Nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olish huquqi

Nogironligi boʻlgan shaxslar barcha darajalardagi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish va oʻz qobiliyatini yanada toʻliqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida taʼlim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega. Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning inklyuziv taʼlimini rivojlantirishni, ularning taʼlim olishi va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini kafolatlaydi. Taʼlim tashkilotlari davlat organlari bilan birgalikda nogironligi boʻlgan bolalarning maktabgacha, qoʻshimcha va umumiy oʻrta taʼlim olishini, shuningdek oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimi olishini taʼminlaydi.

Agar nogironligi boʻlgan bolalarni taʼlim muassasalarida oʻqitishning vaqtincha imkoni boʻlmasa, taʼlim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va taʼlim muassasalari nogironligi boʻlgan bolalarning sohaga oid shifokorlar tavsiyalari asosida hamda ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda oʻqitilishini taʼminlaydi.

 

 

 

Bekobod tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuristkonsulti R. Mirzaqulov 3-darajali yurist