Янгиликлар
Garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
Garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga boʻlgan huquqni majburiyatlarni taʼminlash uchun berishi garov hisoblanadi. Garovga koʻra qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat boʻyicha oʻz talabi garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi boʻlgan shaxs (garovga qoʻyuvchi)ning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga, qonunda nazarda tutilgan tartibda, haqli boʻladi.
Garovga oluvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni yoʻqotganlik yoki unga ziyon yetkazganlik uchun sugʻurta haqidan, bu mol-mulk kimning foydasiga sugʻurta qilingan boʻlishidan qatʼi nazar, oʻz talabi yuqoridagi asoslarda qanoatlantirilishiga haqli, basharti mol-mulkni yoʻqotish yoki unga ziyon yetkazish garovga oluvchi javobgar boʻlgan sabablarga koʻra yuz bergan boʻlmasa. Garov shartnoma yoki qonun asosida amalda yuzaga keladi.
Bekobod tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuristkonsulti R. Mirzaqulov 3-darajali yurist