Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Nogironligi bo‘lgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega.


Nogironligi bo‘lgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun;

Ish vaqti haftasiga 36 soat etib belgilangan
30 kundan iborat yillik mehnat ta’tili belgilangan
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti
asosida 2% miqdorida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi
Nogironligi bo'lgan shaxslarning avtotransport vositalari
uchun ajratilgan to'xtab turish joylaridan foydalanganlik
uchun haq olinmaydi.
           I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga DXM va (yoki) YaIDXP orqali xizmat ko'rsatishda 50foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.   Nogironligi bo'lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro'yxatidan (qayta ro'yxatdan) o'tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro'yxatga kiritilgan.

Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari beriladi.

I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning nomida bo'lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi

Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi.

Nogironligi bo'lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha subsidiya ajratiladi.

I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar yer solig'idan ozod qilinadi.

Byudjet mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug'ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo'lgan bolalar to'lovdan ozod etiladi.

Bolalikdan nogiron bo'lganlar, shuningdek I va II guruh
nogironlarining mehnatga haq to'lashning eng kam
miqdorining 3 baravari miqdoridagi mablag'lari daromad solig'iga tortilmaydi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan
davlat organlariga, tashkilotlarga yoki ularning mansabdor
shaxslariga belgilangan tartibda mustaqil ravishda murojaat
(arizalar, shikoyatlar, takliflar) qilish huquqiga ega.
Og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lgan
keksalarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq,
3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining
50 foizigacha bo‘lgan summasi kompensatsiya qilinadi.

 

Bekobod tumani FHDY                                                                                                     bo`limi 2- toifali inspektori

N.Shamirzayeva