Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Qarz tilxatsiz berilsa — sudda isbotlab bo‘ladimi?


Qarz tilxatsiz berilsa — sudda isbotlab bo‘ladimi?

 

Kundalik hayotda eng ko‘p uchraydigan holat: “Keyin beraman” degan og‘zaki kelishuv va tilxatsiz berilgan qarz.Ko‘pchilik shunday o‘ylaydi: *tilxat yo‘q -demak sudga foydasi yo‘q*.Aslida esa bu har doim ham to‘g‘ri emas.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra:

-qarz shartnomasi yozma shaklda bo‘lishi lozim;

-ammo yozma shaklga rioya qilinmagani qarzning o‘zi yo‘qligini anglatmaydi.

Sudda nimalar dalil bo‘lishi mumkin?

bank o‘tkazmalari, kartadan karta o‘tkazishlar;

SMS, Telegram, WhatsApp yozishmalari;

qarzni tan olgan audio yoki yozma xabarlar;

guvohlarning ko‘rsatmalari (cheklangan hollarda).

Muhim jihat:

Agar qarz oluvchi:

-pulni olganini inkor etmasa,

-lekin “qarz emas edi” desa,pul nima asosda berilganini isbotlash majburiyati qarz oluvchiga o‘tadi.

Sud amaliyotida:

“do‘stona yordam” degan vaj ko‘pincha qabul qilinmaydi;

ayniqsa katta summalarda yozma dalillar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bundan ko'rinadiki, Tilxatsiz qarz — bu huquq yo'q degani emas.

Lekin yozma hujjat bo‘lmaganda:

-isbotlash qiyinlashadi,

nizolar ko‘payadi,

vaqt va asab sarfi ortadi.

Bekobod tumani FHDY                                                                                                     bo`limi 2- toifali inspektori

N.Shamirzayeva