Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Kambag‘al oilalarga daraxt ekish uchun subsidiya beriladi


Kambag‘al oilalarga daraxt ekish uchun subsidiya beriladi

 

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 798-son qarori bilan kambag‘al oila a’zolariga o‘rmon fondi yerlarida ekilgan daraxtlar uchun subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi.Subsidiya miqdori 2025-yil 1-iyuldan boshlab:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida,

“Ekofaol fuqaro” platformasiga o‘zi ekkan daraxtlar haqidagi ma’lumotlarni joylashtirgan kambag‘al oila a’zolariga har 100 tup daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya beriladi.Subsidiya:

yil davomida 2 bosqichda (ekish vaqtida va parvarishlashdan keyin), teng ulushlarda to‘lab beriladi.

Daraxt ekish jarayoni qanday bo‘ladi?

Daraxt ekishni xohlovchilar ro‘yxati mahalla yettiligi tomonidan shakllantiriladi;

O‘rmon xo‘jaligi tashkiloti:

yer maydonini tanlaydi,

mos daraxt va buta turlarini belgilaydi,

ko‘chatlarni bepul yetkazib beradi;

Talabgor daraxtlarni bir mavsum davomida ekadi va parvarishlaydi.

Ekilgan daraxtlar murabbiy va ekologiya bo‘limi tomonidan joyiga chiqib, dalolatnoma va fotohisobot asosida qabul qilinadi;

Ma’lumotlar “Ekofaol fuqaro” platformasiga kiritiladi;

5 ish kuni ichida tasdiqlanib, subsidiya bank kartasiga o‘tkaziladi.

 

Bekobod tumani FHDY                                                                                                     bo`limi 2- toifali inspektori

N.Shamirzayeva