Янгиликлар
Bojxona tartib-taomillari soddalashtiriladi: tadbirkorlar uchun yangi qulayliklar
Bojxona tartib-taomillari soddalashtiriladi: tadbirkorlar uchun yangi qulayliklar
Prezidentning 2025-yil 17-dekabrdagi PF–250-son Farmoni bilan bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilandi.
2026-yil 1-martdan boshlab:
Tovarlarni oldindan deklaratsiyalash orqali erkin muomalaga chiqarishda:
bojxona rasmiylashtiruvi uchun olinadigan bojxona yig‘imi 20 foizga kamaytiriladi;
bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lashda 14 kungacha foizlar hisoblanmaydi. 2026-yil 1-maydan:
Tovarlarni davriy deklaratsiya asosida rasmiylashtirishda:
bojxona to‘lovlarini respublika hududiga kirib kelgan har bir partiya bo‘yicha alohida to‘lash imkoniyati yaratiladi. Avtomatik rasmiylashtirish kengayadi.
Bojxona axborot tizimida xavf aniqlanmagan hollarda bojxona yuk deklaratsiyalari avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi, jumladan:
yirik soliq to‘lovchilar, davlat tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan subyektlar import qilayotgan yuklar;
tarif va notarif cheklovlar qo‘llanilmaydigan eksport yuklari.
Barqarorlik reytingida yuqori va o‘rta darajani egallagan tadbirkorlarga:
bojxona to‘lovlari va soliqlarni qaytarish hamda o‘zaro hisobga olishda soddalashtirilgan tartiblar;
tovarlarni qadoqlash, saralash, tozalash kabi qayta ishlash jarayonlari uchun alohida ruxsatnoma talab qilinmasligi taqdim etiladi.
Bekobod tumani FHDY bo`limi 2- toifali inspektori
N.Shamirzayeva