Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mehnatga layoqatsizlik va onalik nafaqalari yangi tartibda tayinlanadi


Mehnatga layoqatsizlik va onalik nafaqalari yangi tartibda tayinlanadi

 

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori bilan aholini davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tizimi yanada takomillashtirildi. Prezidentning PF–206-son Farmoniga muvofiq:

2026-yil 1-yanvardan – homiladorlik va tug‘ish nafaqasi,

2026-yil 1-iyuldan – vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi

yangi davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi asosida tayinlanadi. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi jamg‘armasi Qaror bilan:

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom;

Kuzatuv kengashi tarkibi;

Ijro etuvchi direksiya tuzilmasi;

Nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi tasdiqlandi.Nafaqalar proaktiv shaklda, ya’ni fuqaroning alohida murojaatisiz, Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimi orqali avtomatik belgilanadi. To‘lovlar:

sug‘urta staji;

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi jamg‘armasiga to‘langan badallar miqdoriga mutanosib ravishda hisoblanadi. Fuqarolar davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan:

majburiy tartibda (JShDSning bir qismi hisobidan);

ixtiyoriy ravishda (har oy MHTEKMning 5 foizi miqdorida badal to‘lash orqali) qamrab olinadi.

Sug‘urta hodisasi quyidagi davrlarda yuz bersa, to‘lov tayinlanadi:

mehnat shartnomasi asosida ishlash davrida;

fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida xizmat ko‘rsatishda;

boshqa qonuniy rasmiy faoliyat davomida.Minimal sug‘urta staji:

homiladorlik va tug‘ish nafaqasi uchun – kamida 10 oy;

vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi uchun – kamida 6 oy.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik

Nafaqa mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan davr uchun to‘lanadi;

Bir yil davomida 182 kundan oshmagan muddatda beriladi.

 

Nafaqa o‘rtacha ish haqi va sug‘urta stajiga qarab belgilanadi:

10–24 oy – 75%;

25–60 oy – 85%;

61 oydan boshlab – 100%.

 

Bekobod tumani FHDY                                                                                                     bo`limi 2- toifali inspektori

N.Shamirzayeva