Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sog‘liqni saqlashda raqamli burilish: elektron retsept tizimi ishga tushadi


Sog‘liqni saqlashda raqamli burilish: elektron retsept tizimi ishga tushadi

 

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan “Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi tasdiqlandi (2025-yil 15-dekabr, AV ro‘yxat raqami — 3725).Elektron retsept dastlab Toshkent shahri hamda 15 ta tajriba tuman va shaharlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida ekspertlar kengashi tuzilib, u tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari ishtirokida muntazam ochiq muhokamalar o‘tkazadi. Tibbiyot muassasalari va dorixonalar uchun DMED axborot tizimiga bepul ulanish ta’minlanadi;

mavjud axborot tizimlari vazirlik platformasi bilan bepul integratsiya qilinadi.

Dastlabki bosqichda elektron retsept quyidagi dori vositalari uchun majburiy etib belgilanadi:

antibiotiklar va sintetik antibakterial preparatlar;

tizimli ta’sirga ega gormonal dorilar. Shifokor dori vositasini xalqaro patentlanmagan nom (XPN) bo‘yicha elektron shaklda yozadi;

Dorixonalarda dori vositalari bemorning JShShIR raqami asosida beriladi;

Favqulodda holatlarda qog‘ozli retseptdan foydalanish imkoniyati saqlanib qoladi.

Surunkali kasalligi bor bemorlar uchun

 

60 kungacha (ayrim hollarda 90 kungacha) davolanish uchun elektron retsept berilishi mumkin;

elektron retsept va QR-kodning amal qilish muddati davolash kursiga mos ravishda uzaytiriladi.

 

Bekobod tumani FHDY                                                                                                     bo`limi 2- toifali inspektori

N.Shamirzayeva