Янгиликлар
Yoshga doir pensiyaning yoshga doir nafaqadan farqi bormi?
Yoshga doir pensiyaning yoshga doir nafaqadan farqi bormi?
Qonunchilikka muvofiq, yoshga doir pensiyaga kamida 7 yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolar chiqa olishadi. Bunda, yoshga doir pensiyaga erkaklar 60 yoshdan, ayollar esa 55 yoshdan chiqishlari mumkin.
Yoshga doir nafaqaga esa 7 yildan kam ish stajiga ega boʻlgan fuqarolar chiqishlari mumkin. Bunda, yoshga doir nafaqa yoshi erkaklar uchun 65 yosh, ayollar uchun esa 60 yosh etib belgilangan.
Bekobod tumani FHDY bo`limi 2- toifali inspektori
N.Shamirzayeva