Янгиликлар
Yuridik faktni belgilash boʻyicha ishlarni sudda koʻrish tartibini tushuntiring.
Yuridik faktni belgilash boʻyicha ishlarni sudda koʻrish tartibini tushuntiring.
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda belgilangan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda nazarda tutilgan xususiyatlar eʼtiborga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish ushbu Kodeksning 206-moddasida koʻrsatilgan manfaatdor shaxslarning arizalari asosida qoʻzgʻatiladi. Sudlarning eʼtibori yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikka qatʼiy amal qilishga, fuqarolarning va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini qoʻriqlashni har taraflama taʼminlashga qaratilsin. Sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 295-moddasida nazarda tutilgan sud tartibida aniqlanadigan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlar roʻyxati tugal emasligini inobatga olishlari lozim. Sud yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni ham, agar bu qonun bilan boshqa organning vakolatiga berilmagan boʻlsa, aniqlashga haqli. Xususan, sud: 1968-yil 1-oktyabrgacha tugʻilgan bolalarga nisbatan otalikni tan olganlik, otalik va otalikni qayd qilish; ixtironi joriy etish, taklifni ratsionalizator sifatida tavsiflash; binoga, payga, avtomobilga va boshqa maxsus roʻyxatdan oʻtkaziladigan mulkka egalik qilish; sugʻurta guvohnomasining tegishliligi; fuqaroni yoki uning ota-onasining Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston Respublikasiga evakuatsiya qilinganligi faktlarini tasdiqlashi mumkin.
Bekobod tuman Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
Nizomiddin Tursunov