Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sud xarajatlarining turlari boʻyicha malumot bersangiz?


Sud xarajatlarining turlari boʻyicha malumot bersangiz?

    Sud xarajatlarining turlari. Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni koʻrish bilan bogʻliq sud chiqimlaridan iborat boʻladi. 113-modda. Davlat boji. Davlat bojini toʻlash asoslari va tartibi, uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, toʻlashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi. 114-modda. Daʼvoning bahosi. Daʼvoning bahosi quyidagicha aniqlanadi: 1) pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha –undiriladigan summadan kelib chiqqan holda; 2) mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda; 3) ijro etish hujjatini yoki undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — nizolashilayotgan summadan kelib chiqqan holda; 4) mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — shu mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda; 5) yer uchastkasini talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — yer uchastkasining belgilangan bahosi boʻyicha qiymatidan kelib chiqqan holda, bahosi mavjud boʻlmaganda esa bozor bahosiga koʻra. Daʼvoning bahosiga daʼvo arizasida koʻrsatilgan neustoyka summalari ham kiritiladi. Bir nechta mustaqil talabdan iborat daʼvoning bahosi barcha talablarning summasi bilan aniqlanadi. Daʼvoning bahosi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda, baho sud tomonidan aniqlanadi.

 

 

 

 

Bekobod tuman Adliya boʻlimi

YUXKM   boshligʻi                                                      

Nizomiddin Tursunov