Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Korporativ nizolar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish jarayonini tushintirib bersangiz?


Korporativ   nizolar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish jarayonini tushintirib bersangiz?

       Korporativ nizolar boʻyicha ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. 213-modda. Korporativ nizo boʻyicha daʼvo arizasiga doir talablar. Korporativ nizo boʻyicha daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Korporativ nizo boʻyicha daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi va uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat ilova qilinadi. 214-modda. Korporativ nizolar boʻyicha daʼvoni taʼminlash choralari. Korporativ nizolar boʻyicha daʼvoni taʼminlash choralari ushbu Kodeksning 8-bobida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan koʻriladi.

 

Bekobod tuman Adliya boʻlimi

YUXKM   boshligʻi                                                      

Nizomiddin Tursunov