Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ikkinchi va undan keyingi ish yili uchun yillik mehnat taʼtiliga ish yilining istalgan paytida chiqish mumkinmi?


Ikkinchi va undan    keyingi ish yili uchun yillik mehnat taʼtiliga ish yilining istalgan paytida chiqish mumkinmi?

       Mehnat kodeksining 228-moddasi (Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtilini berish tartibi) 4-qismiga koʻra, xodimning xohishiga koʻra har yilgi mehnat taʼtili unga qulay boʻlgan vaqtda quyidagilarga berilishi kerak:

ayollarga — homiladorlik va tugʻish taʼtilidan oldin yoki undan keyin;

·         bolani parvarishlash taʼtilidan foydalanayotgan xodimga ushbu taʼtildan oldin yoki keyin;

·         oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bir yoki undan ortiq nafar bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolgʻiz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga);

·         I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga;

·         1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

·         oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan shaxslarga;

·         ishdan ajralmagan holda taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotganlarga, agar ular oʻzining har yilgi mehnat taʼtilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa oʻquv ishlarini bajarish vaqtiga toʻgʻrilab olishni xohlasa;

·         “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga;

·         jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoxud boshqa ichki hujjatlarda belgilangan hollarda boshqa xodimlarga.

Moddaning 5-qismiga koʻra, ishlaydigan erkaklarga har yilgi mehnat taʼtili ularning xohishiga koʻra xotinining homiladorlik va tugʻish taʼtili davrida beriladi.

Demak, yuqoridagi toifa xodimlar ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtilini oʻzlari uchun qulay vaqtda olishlari mumkin. Yaʼni bu toifa xodimlar taʼtilga ariza yozishsa taʼtillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat taʼtillarini berish navbatidan oldin ham taʼtilga chiqishlari mumkin.

Yuqoridagi toifaga tushmagan hodimlarchi? MK 228-moddasi oxirgi qismiga koʻra, jadvalda belgilangan har yilgi mehnat taʼtilini berish vaqti xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan oʻzgartirilishi mumkin.

Bekobod tuman Adliya boʻlimi

YUXKM   boshligʻi                                                      Nizomiddin Tursunov