Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Qonunchilikda mehnat nizolarini koʻrib chiqish qaysi organlar tomonidan malga oshiriladi?


Qonunchilikda mehnat nizolarini koʻrib chiqish qaysi organlar tomonidan malga oshiriladi?

      Mehnat nizolari umumiy yurisdiksiya sudlarida 9 1-bob. umumiy asoslar boʻyicha, shu bilan birga ayrim istisnolar inobatga olingan holda koʻriladi.

Yakka mehnat nizolari: - mehnat nizolari komissiyalari tomonidan, (MKda koʻrsatilgan nizolar bundan mustasno) fuqarolik ishlari boʻyicha tuman (shahar), tumanlararo sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

Xodimga yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni oʻzgartirishga doir mehnat nizolari ish beruvchi va tegishli kasaba uyushmasi organi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tomonidan hal qilinadi. Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarning va boshqa normativ hujjatlarning qoidalarini, shuningdek yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi majburiyatlarini qoʻllash masalalariga doir mehnat nizolari xodimning tanloviga muvofiq mehnat nizolari komissiyasida yoki sudda koʻriladi.

MKning 269-moddasiga koʻra, mehnat nizolari quyidagi hollarda bevosita fuqarolik ishlari boʻyicha tuman (shahar), tumanlararo sudlarida koʻrib chiqiladi:

agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan boʻlsa; • ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qatʼiy nazar, ishga tiklash toʻgʻrisida, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari taʼrifini oʻzgartirish toʻgʻrisida, majburiy progul yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq toʻlashga doir boʻlsa;

• ular xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning toʻlanishi haqida boʻlsa;

• ular mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni (shu jumladan maʼnaviy zararni) yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararni ish beruvchi tomonidan toʻlanishi haqida boʻlsa;

• ular MK 78-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilganligi haqida boʻlsa;

• ular ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan boʻlsa.

Bekobod tuman Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                     Nizomiddin Tursunov