Янгиликлар
Hududiy sudlovga (28)taalluqlilik terminini tushintirib bering?
Hududiy sudlovga (28)taalluqlilik terminini tushintirib bering?
Hududiy sudlovga taalluqlilik umumiy qoidalarga koʻra belgilanadi. Ishga tiklash boʻyicha daʼvo arizalari javobgar — yuridik shaxs joylashgan manzil boʻyicha beriladi, bunda yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan joy uning joylashgan manzili deb belgilanadi, qonun yoki taʼsis hujjat larida koʻrsatilgan boshqa holatlar bundan mustasno.
Agar ishga tiklash boʻyicha daʼvo arizasida ish beruvchi — javobgar sifatida jismoniy shaxs koʻrsatilgan boʻlsa, daʼvo arizasi jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha beriladi. FPK normalari bilan belgilangan mehnatga doir huquqlarni tiklashga oid daʼvolarning sudlovga taalluqliligining muqobil shakli, jumladan daʼvogarning yashash joyi boʻyicha taalluqlilik, ishga tiklash ishlariga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin, agarda bunda mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy hukm qilish, gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida gʻayriqonuniy qamoqqa olish natijasida bekor qilingan boʻlsa. Shu bilan bir vaqtda, agar daʼvogar u bilan mehnat shartnomasini tuzgan tashkilot filialidan ishdan boʻshatilgan boʻlsa, unda daʼvogar ishga tiklash toʻgʻrisidagi talabini koʻrib chiqish joyini oʻzi tanlash huquqiga ega boʻladi. Bu holatda xodim daʼvoni ish beruvchi — yuridik shaxsga nisbatan uning filiali joylashgan manzildagi sudga berishi ham mumkin.
Bekobod tuman Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi Nizomiddin Tursunov