Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

“ELEKTRON SH AHODATNOMA” AXBOROT TIZIMI JORIY ETILMOQDA


“ELEKTRON SH           AHODATNOMA” AXBOROT TIZIMI JORIY ETILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 31.01.2023 yildagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi 44-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomanining davlat namunasi, shuningdek elektron shahodatnomani shakllantirish va berish tartibi tasdiqlanmoqda. Endilikda har yili:

•          1 dekabrga qadar maktab ma’muriyati bitiruvchilar haqida ma’lumotni elektron dasturga kiritishadi (ma’lumotlar 25 mayga qadar yangilanishi va o‘zgartirilishi mumkin);

•          30 mayga qadar tuman ta’lim bo‘limi kiritilgan ma’lumotlarni tekshirib, tasdiqlaydi;

•          15 iyunga qadar maktab pedagogik kengashi bitiruvchilarga shahodatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

•          Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi elektron shahodatnomalar uchun seriya va tartib raqamini ajratadi;

•          20 iyunga qadar maktab ma’muriyati yakuniy baholarni elektron tizimga kiritadi, shundan so‘ng “Elektron shahodatnoma” tizimida QR-kod tasviri tushirilgan va bitiruvchi tomonidan yuklab olinishi mumkin bo‘lgan shahodatnoma shakllantiriladi.

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.02.2023 yildan kuchga kirdi.

Bekobod tumani adliya bщlimi Davlat xizmatlari markazi direktori

Ubaydulla Mirzaev.