Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Kadastr texnik pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?


Kadastr texnik pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan tartibga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

Vafot etgan shaxs nomidan uning yaqin qarindoshlari murojaat qilishi mumkin.

So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Kadastr pasporti ob’ektning murakkabligiga qarab, quyidagi muddatlarda tayyorlanadi:

a) ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun — 3 ish kunigacha;

yakka tartibdagi turar joy uchun — 5 ish kunigacha;

b) ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha:

umumiy maydoni 100 kv.m. gacha bo‘lganda — 5 ish kunigacha;

umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha bo‘lganda — 7 ish kunigacha;

umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha bo‘lganda — 10 ish kunigacha;

umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha bo‘lganda — 15 ish kunigacha;

umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha bo‘lganda — 20 ish kunigacha;

umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq bo‘lganda — 25 ish kunigacha;

ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha;

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

ko‘chmas mulk ob’ektining bir qismi begonalashtirilganda ob’ektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk ob’ekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

           Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk ob’ektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Adliya vazirligi uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YaIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.

Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Bekobod tumani adliya bщlimi Davlat xizmatlari markazi direktori

Ubaydulla Mirzaev.