Янгиликлар
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2023 YIL 17 OKTYaBRDAGI 544- SON “PROFESSIONAL MEDIATORLAR REESTRIGA KIRITISh BO‘YIChA DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATIShNING MA’MURIY REGLAMENTINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI QARORIGA ASOSAN PROFESSIONAL MEDIATORLARNI REESTRIGA KIRITISh
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2023 YIL 17 OKTYaBRDAGI 544- SON “PROFESSIONAL MEDIATORLAR REESTRIGA KIRITISh BO‘YIChA DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATIShNING MA’MURIY REGLAMENTINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI QARORIGA ASOSAN PROFESSIONAL MEDIATORLARNI REESTRIGA KIRITISh BO‘YIChA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILMOQDA.
Maxsus o‘quv kursidan o‘tganligi haqida sertifikatga ega bo‘lgan va Reestrga kirish istagini bildirgan jismoniy shahslar doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi.
Talabgor o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, Reglamentga muvofiq so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
So‘rovnomada talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi hamda maxsus o‘quv kursidan o‘tganligi haqidagi sertifikat ilova qilinadi.
Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng talabgor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi hamda imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Talabgor YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Hududiy adliya organlari so‘rovnoma kelib tushgan kundan so‘ng uch ish kuni ichida talabgorni Reestrga kiritadi yoki kiritishni rad etadi va bu haqda tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali xabarnoma yuboradi.
Talabgor Reestrga hududiy adliya organining qarori asosida kiritiladi.
Bekobod tumani adliya bщlimi Davlat xizmatlari markazi direktori
Ubaydulla Mirzaev.