Янгиликлар
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan topilmalarni qabul qilib olish, saqlash, egalariga qaytarish va egasi aniqlanmagan ashyolarni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibi
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan topilmalarni qabul qilib olish, saqlash, egalariga qaytarish va egasi aniqlanmagan ashyolarni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibi
Topilmani topib olgan shaxslar ularni topshirish yuzasidan Markazga murojaat qilishlari mumkin.
Binolar va ularning hududlarida, jamoat transportida topib olingan topilmalar ularni topib olgan shaxslar tomonidan ushbu binolar yoki jamoat transporti mulkdorlari bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarga topshiriladi hamda, qoida tariqasida, ushbu shaxslar tomonidan Markazga topshiriladi.
Markaz xodimi jismoniy va yuridik shaxslar (ularning vakillari) tomonidan topilgan ashyolarni Markazga qabul qilishda ushbu shaxslarning nomidan Nizomga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.
Bunda Markaz xodimi tomonidan qabul qilingan ashyo haqidagi ma’lumotlar bir vaqtning o‘zida hamma foydalanishi uchun ochiq bo‘lgan reestrga kiritiladi.
Markaz xodimi tomonidan reestrga kiritilgan ma’lumotlar asosida qabul qilingan topilma haqida «Topilmalar» avtomatlashtirilgan qidiruv tizimiga avtomatik ravishda e’lon joylashtiriladi.
Markazga qabul qilingan ashyolar Markazning maxsus jihozlangan xonasiga (joyiga) saqlash uchun joylashtiriladi.
Bekobod tumani adliya bщlimi Davlat xizmatlari markazi direktori
Ubaydulla Mirzaev.