Янгиликлар
YO‘QOLGAN AShYoLARINI TOPISh
YO‘QOLGAN AShYoLARINI TOPISh
O‘zining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ( YaIDXP) orqali murojaat qiladi.
Bunda, jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari yo‘qolgan ashyolarni topish bo‘yicha o‘zi shaxsan kelib murojaat etganda — Markaz xodimi murojaat etuvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat qilinganda — murojaat etuvchi mustaqil ravishda Nizomga muvofiq shakl bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldiradi.
So‘rovnomaga yo‘qotib qo‘yilgan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar, elektron ma’lumotlar, agar ashyo hujjat bo‘lsa, uning nusxalari ilova qilinishi mumkin.
Topib olingan ashyolar Markazda olti oy davomida saqlanadi.
Markazdagi ashyolar saqlanadigan xonalar (joylar) temir eshiklarga ega bo‘lishi, belgilangan talablarga muvofiq yong‘in xavfsizligi normalariga javob berishi, xavfsizlik talablariga javob beradigan jihozlar, temir seyflar hamda signalizatsiya uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Markaz xodimi tomonidan har olti oyda Markazda saqlanayotgan ashyolar xatlovi o‘tkaziladi. Bunda ashyolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ichki ishlar organlarining «Buyum» axborot tizimidagi ma’lumotlar bilan ham solishtiriladi.
Agar topilma Markazga qabul qilingan paytdan e’tiboran olti oy mobaynida uni olishga haqli bo‘lgan shaxs aniqlanmasa, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 193-moddasiga muvofiq:
Markaz tomonidan ashyoni topib olgan shaxsga uning ashyoga nisbatan mulk huquqi vujudga kelganligi to‘g‘risida xabar beriladi;
ashyoni topib olgan shaxs uni qabul qilib olishni rad etgan taqdirda, ashyo davlat mulkiga o‘tadi.
Davlat mulkiga o‘tgan moddiy qimmatlikka ega bo‘lgan ashyo Agentlikning tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan uch ish kuni ichida belgilangan tartibda «E-auksion» savdo maydonchasida elektron auksionga qo‘yiladi.
Ashyoni auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning 20 foizi auksionga qo‘yish xarajatlarini chegirib tashlagan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasining hisobvarag‘iga, qolgan qismi esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat byujetiga o‘tkaziladi.
Xatlov natijalari bo‘yicha egasi aniqlanmagan yoki yangi egalari tomonidan olib ketilmagan hujjatlar, ular qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga keltirilganidan so‘ng, tegishliligi bo‘yicha viloyat va tuman (shahar) davlat arxivlariga yoki idoraviy arxivlarga topshiriladi, bundan Markazga kelib tushgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, guvohnomalar va turli xil rasmiy hujjatlar mustasno.
Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasiga ko‘ra saqlash muddati tugagan hujjatlar belgilangan tartibda yo‘q qilishga ajratiladi.
Markaz tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxslarga tegishli topilmani ularga topshirish topilmaning haqiqatdan ham ushbu shaxslarga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ma’lumotlarni), shu jumladan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlarni (agar ashyo hujjat bo‘lsa, uning nusxalarini) hamda manfaatdor shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxslarning vakili uchun — uning vakolatini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish asosida amalga oshiriladi.
Egalariga topshirilgan ashyolar haqidagi ma’lumotlar ayni shu vaqtning o‘zida reestrga kiritiladi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, guvohnomalar va turli xil rasmiy hujjatlar, agar ular bekor qilinmagan bo‘lsa, egalariga qaytariladi.
Fuqarolar yo‘qolgan hujjat o‘rniga yangi hujjat olgan taqdirda, yo‘qolgan hujjat bekor qilingan deb hisoblanadi va Markaz xodimi tomonidan tegishliligi bo‘yicha ushbu hujjatni bergan tashkilotga yuboriladi.
Bekobod tumani adliya bщlimi Davlat xizmatlari markazi direktori
Ubaydulla Mirzaev.