Янгиликлар
TOPILMANI TOPShIRIShNI RAD ETISh TARTIBI
TOPILMANI TOPShIRIShNI RAD ETISh TARTIBI
Markaz xodimi topilmani berishni so‘rab murojaat qilgan shaxsga quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda topilmani topshirishni rad etadi:
murojaat qilgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilmaganligi;
topilmaning jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar, fotosuratlar yoki ma’lumotlar ko‘rsatilmaganligi;
kimga tegishli ekanligini aniqlash imkoni bo‘lmagan hujjatning nusxalari yoki uning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar mavjud emasligi;
yo‘qolgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar o‘rniga yangi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar berilganligi;
ashyoga egalik qilish haqidagi dalillarga ega bo‘lgan ikki yoki undan ortiq manfaatdor shaxslar tomonidan bir vaqtning o‘zida ashyoni so‘rab murojaat kilinganligi.
Ushbu bandning uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan hollarda Markaz xodimi tomonidan ushbu shaxslarga ularning ashyoga bo‘lgan egalik masalasini hal qilish uchun belgilangan tartibda sudga murojaat etish huquqi tushuntiriladi.
Markaz xodimi topilmani berishni so‘rab murojaat qilgan shaxsga topilmani berish rad etilishining aniq sabablarini ko‘rsatgan holda mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha xabarnoma rasmiylashtiradi.
Bekobod tumani adliya bщlimi Davlat xizmatlari markazi direktori
Ubaydulla Mirzaev.