Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mahalla fuqarolar yig‘ini yagona reestri shakllantiriladi


Mahalla fuqarolar yig‘ini yagona reestri shakllantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.09.2025 yildagi 586-sonli qarori bilan “Mahalla fuqarolar yig‘ini yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

Reestr davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik uchun zarur bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘iniga oid yagona ma’lumot manbai hisoblanadi.

Reestrda quyidagi ma’lumotlar shakllantiriladi, jumladan:

▪️ mahallaning to‘liq va qisqacha nomi;

▪️ mahalla kodi;

▪️ soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

▪️ Kengash qarori sanasi va raqami;

▪️ mahalla joylashgan hudud;

▪️ mahallaning hududiy chegarasi geoma’lumotlari.

Ma’lumotlar Reestrdan mahalla kodi yoki mahalla STIRidan foydalanish orqali olinadi.

Bekobod tuman FHDYo bo‘limi mudirasi U.To‘xtabaeva